Surxondaryo  viloyatixokimining 03.03.2018 yildagi “BIO AGRO AMUDARYA” MChJ  Muzrabot tuman hokimligi zaxirasidan “BIO AGRO AMUDARYA” MChJ ga jami 4593 gektar ajratilgan. “BIO AGRO AMUDARYA” MChJ  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga davlat tashrifining 64- bandiga asosan Pomidor qishloq xo‘jalik mahsulotini qayta ishlagan xolda tomat pastasi va ketchup ishlab chiqarish, Anor mevasidan pasta ishlab chiqarishni tashkil etish, Meva sabzavodlarni qayta ishlashni tashkil etish rejalashtirilgan. Loyiha  xorijiy investor tomonidan 4000 kv metrga qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaning yillik ishlab chiqarish xajmi 49 mlr 610 mln so‘m. Loyihaning yillik eksport xajmi 4550 dollar, Ushbu loyihaga 3 mln dollar Avstriya davlatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritiladi xamda 75 kishi doimiy ish bilan taminlanadi. Ushbu loyixa 90-95 % qurilishi yakunlangan bo‘lib, yil yakunigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Maqola muallifi:
M.Tilovov
0
Maqolaga fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK