» » Termizda «Art galereya» foydalanishga topshirildi
Murojaat yo`llash
Mamlakatimiz o‘zining boy badiiy merosi bilan jahon san’ati va madaniyati rivojiga katta hissa qo‘shgan qadimiy sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida milliy badiiy an’analarning o‘ziga xosligini saqlab kelayotgani dunyoning yetakchi san’at mutaxassislari tomonidan e’tirof etilgan.
Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishidagi ijodkorlarni milliy o‘zligimizni anglash g‘oyalarini tarannum etuvchi yuksak darajadagi yorqin san’at asarlarini yaratishdagi faoliyatini rag‘batlantirish va bolalar san’atini rivojlantirish maqsadida qisqa muddatlarda Termiz shahrida viloyat badiiy ijodkorlar uyushmasining “Art galereyasi” bunyod etildi va foydalanishga topshirildi.
“Art galereya”ning ochilish marosimida Surxondaryolik rassom, O‘zbekiston Xalq rassomi Ro‘zi Chorievning 56 ta san’at asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tantanali marosimda so‘z olganlar ushbu binoda tasviriy va amaliy san’atni yanada rivojlantirish maqsadida jahondagi yetakchi badiiy akademiyalar va san’at ustalari o‘rtasida o‘zaro foydali tajribalar almashishni yo‘lga qo‘yish uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligini, iste’dodli yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, yurtdoshlarimizning tasviriy va amaliy san’at sohasidagi estetik ehtiyoj va talablarini qanoatlantirishda keng imkoniyatlar yaratishini ta’kidlab o‘tishdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati. 









Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK