» » Ajdodlar matonati va jasorati avlodlar uchun namunadir
Murojaat yo`llash
9 may – Xotira va Qadrlash kuni bu yil mamlakatimiz bo‘ylab o‘zgacha ruhda nishonlanmoqda. Davlatimiz rahbarining 2018 yil 16 apreldagi farmonlarida urush qatnashchilari holidan xabar olish, yurt tinchligi va ozodligi yo‘lida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etishdek ezgu maqsadlar mujassam.
Ayni kunlarda viloyatimizda 76 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari mavjud bo‘lib, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shib kelishmoqda.
Bayram kunlari arafasida Termiz shahri va Angor tumanida yashaydigan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Mujahid Xadiev, Said To‘raev, Sherali Haydarov, Fayzi Po‘latov, Xurram Murtazaev, Azam Azizov, Djura Ashurov, Qurbon Azimov va Alim Xudaynazarovlar holidan xabar olindi. Ularga Prezident sovg‘asi va farmonda belgilangan biryo‘la beriladigan pul mukofotlari hamda hokimliklar tomonidan tashkillashtirilgan qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Ular muhtaram Prezidentimizning xalq manfaati yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlari hamda nuroniy-faxriylarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rliklari uchun chuqur minnatdorchilik bildirib, doimo duoda ekanligini izhor etmoqdalar.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.





































Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (1)
Nodir
#1 Nodir Sayt tashrifchisi 30 may 2018 14:56
Qoyil! Ajoyib rasmlar!

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK