» » Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazi yangi talabalarni qabul qildi
Murojaat yo`llash
O‘zbek va afg‘on xalqlarini yaqin qo‘shnichilik va azaliy do‘stlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Shu bois, Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalikni o‘rnatish, o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, savdo, iqtisodiy, transport, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, Ostonada bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston va Afg‘oniston Islom Respublikasi davlat rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokalar chog‘ida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida Termiz tumanida Afg‘on fuqarolarini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan edi. Shu kelishuv ijrosini ta’minlash maqsadida, Yangiariq qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji binosi kapital rekonstruksiya qilinib, 2018 yil 22 yanvarda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi tashkil etilib, 96 nafar talabalar qabul qilingan edi.
Joriy yilning 4 may kuni mazkur markazga temir yo‘l qurilishi va foydalanishni tashkil etish yo‘nalishi bo‘yicha yana 35 nafar Afg‘onistonlik yoshlar talabalar safiga qabul qilindi. Talabalikka qabul qilinganlarga sentabr oyiga qadar o‘zbek tili va adabiyoti, lotin grafikasi yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlov kurslari o‘tkazilib, sentabr oyidan temir yo‘l yo‘nalishi bo‘yicha o‘quvlar tashkil etilishi belgilangan.
Ta’lim markaziga talabalarni qabul qilish marosimi keng jamoatchilik ishtirokidagi katta tantanaga aylandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekiston termir yo‘llari” AJ va viloyat hokimligining mas’ul mutasaddilari bilan bir qatorda Afg‘oniston Respublikasi Prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorligi bo‘yicha maxsus vakili Shokir Korgar ham ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar mazkur o‘quv markazi davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashga, madaniy-gumanitar sohadagi aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilib kelayotganligini ta’kidlashdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.
















Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Dasturiy ta'minot Surxondaryo viloyati, Kompyuterlashtirish markazi, Dasturiy mahsulotlar va dasturlashni rivojlantirish bo'limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Kechirasiz, saytda yangilanish ishlari olib borilmoqda!