» » “Chag‘oniyon” kitob markazi foydalanishga topshirildi
Murojaat yo`llash
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ”.
Xalqimiz tilida ham kitob o‘qib bilim va munosib ta’lim-tarbiya olish, ilm-fan bilan shug‘ullanish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”. Bunday purhikmat naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin.
Eng muhimi, necha ming yillardan buyon sayqallanib, ne-ne avlodlarga yo‘lchi yulduzdek to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan ana shu xalqona hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va kitob mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
Shu ezgu maqsad yo‘lida Denov tumanida “Chag‘oniyon” kitob markazi barpo etildi va tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Barpo etilgan mazkur zamonaviy majmuada ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar adabiyoti, darsliklar kabi yigirmaga yaqin bo‘limda 15000 dan ortiq kitoblar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari mas’ul xodimlari, taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar, noshirlar, san’atkorlar, mehnat faxriylari, yoshlar, jurnalistlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar azaldan kitobsevar xalqimiz, shu jumladan yoshlarimizning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda mazkur muassasa katta ahamiyat kasb etishini bildirib o‘tishdi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.























Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+2
Maqolaga fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Dasturiy ta'minot Surxondaryo viloyati, Kompyuterlashtirish markazi, Dasturiy mahsulotlar va dasturlashni rivojlantirish bo'limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Kechirasiz, saytda yangilanish ishlari olib borilmoqda!