» » “Kenglik ohanglari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Murojaat yo`llash
Har bir oilada yangi farzand tug‘ilishi quvonch, xushxabar bo‘lib yangrasa, ilm ahli uchun yangi kitob yangi asar taqdimoti ham ana shunday quvonch ila qarshi olinadi. Zero, yangi kitob – yangi bilimlar, yangicha yondoshuvlar demakdir. Agar risola jamiyatning hech bir a’zosini befarq qoldirmaydigan bo‘lsa uning ahamiyati o‘z-o‘zidan yuqori bo‘ladi. Surxondaryolik yoshlar bayozi “Kenglik ohanglari” to‘plami ham ana shunday ahamiyatli to‘plamlardan biridir.
Denov tumanida vohadan yetishib chiqayotgan, adabiy jamoatchilik, ustoz adiblardan o‘zining munosib bahosini olib ulgurgan eng iste’dodli yoshlarning she’rlari va hikoyalari o‘rin olgan “KENGLIK OHANGLARI” kitobining taqdimot marosimi o‘tkazildi.
Taqdimot marosimida ishtirok etganlar Surxondaryolik shoir va yozuvchilar asarlari milliy adabiyotimiz xazinasini tobora boyitib borayotganligini, ularning asarlari xalqimiz qalbidan chuqur joy olganligini ma’lum qilib, bu ijodkorlar ortidan adabiyot bog‘ida yangi nihollar bo‘y ko‘rsatayotganligi quvonarli holat ekanligini ta’kidlashdi hamda mazkur kitob nashri yo‘lida mehnat qilgan, fidoiylik ko‘rsatgan ijodiy guruhga, tarjimonlar va tahrir hay’atiga minnatdorchilik bildirishdi.
Ulug‘ bobomiz Al Hakim at-Termiziy hazratlari aytadi: “Hech narsani yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqmang, faqat niyatni yo‘qotishdan qo‘rqing”. Adabiyotning katta yo‘liga tushib olgan va bu yo‘l boshida turgan yoshlar niyatni pok saqlasa va matonatni o‘ziga hamroh etsa, karvon ortidan munosib iz solishiga, o‘zlari katta karvonga aylanishiga ishonamiz.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.












Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+7
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK