» » Sherobodlik ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga prezident sovg‘alari topshirildi
Murojaat yo`llash
Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 16 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonlari ijrosi doirasida viloyatimizda qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.
“Xotira va qadrlash kuni” bayrami arafasida Sherobod tumanida yashab kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari To‘laganov Xudoyberdi, Ilamanov Kenja, Mamanazarov Parda, To‘raqulov Hazratqul, Tojiev Utagan va Choriev Abdirashid bobolarga keng jamoatchilikni jalb etgan holda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yuborilgan tabrik so‘zi, sovg‘a, bir yo‘la to‘lanadigan mukofot puli va hokimlikning qimmatbaho sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir davomida Prezident tabrigi o‘qib eshittirildi. Nuroniy-faxriylarimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirildi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.







Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+8
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK