» » Xatlonda Surxondaryolik tadbirkorlarning ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilmoqda
Murojaat yo`llash
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichda izchil rivojlanayotganida chuqur ma’no mujassam. Zero, o‘tmishdan yaqin qo‘shni, ishonchli do‘st bo‘lib yashagan ikki mamlakat xalqlarini azaliy quda-andachilik, oshna-og‘aynichilik rishtalari ham bir-biriga mustahkam bog‘lab kelgan.
Shu kunlarda Xatlon viloyatining Boxtar shahrida viloyatimiz tadbirkorlarining ko‘rgazma-yarmakasi o‘tkazilmoqda. Ko‘rgazma-yarmarkada Surxondaryo viloyatidagi 50 dan ortiq tadbirkorlik subektlari o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
Tadbir doirasida biznes-forum tashkil etilib, “Surxondaryo viloyatining eksport va investitsiyaviy salohiyati”, “Surxondaryo va Xatlon viloyatlari tadbirkorlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning muhim masalalari” kabi mavzularda taqdimotlar o‘tkazildi.
Xalqlarimiz o‘rtasida yangi bosqichda rivojlanayotgan bu kabi do‘stona aloqalar amaliy mazmun bilan yangi bosqichda boyib borayotganidan har qancha faxrlansak arziydi. Yarmarka ishi davom etmoqda.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati.






























Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+4
Maqolaga fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Dasturiy ta'minot Surxondaryo viloyati, Kompyuterlashtirish markazi, Dasturiy mahsulotlar va dasturlashni rivojlantirish bo'limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Kechirasiz, saytda yangilanish ishlari olib borilmoqda!