» » Denovda sayyor qabul
Murojaat yo`llash

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Natijada aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar o‘z yechimini topmoqda. Odamlarning xohish-istaklari ro‘yobga chiqmoqda. 

9 may kuni Denov tumanida viloyat hokimligi va viloyat tashkilotlari rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlarida yashovchi 394 nafar fuqarolar ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilishdi. Murojaatlarning aksariyatiga joyiga yechim topildi. Sayyor qabulda hech bir murojaat e’tiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar bayonnomaga kiritilib, qisqa muddatda bajarilishi belgilandi. 

Sayyor qabulda Uzun, Sariosiyo va Denov tumanlari aholisining og‘irini yengil qilish, turmush sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha ham qator takliflar bildirilib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Qabul jarayonida mahalla fuqaro yig‘inlari faollari, tijorat banklari, majburiy ijro byurosi (aliment masalasida), yer resurslari va kadastr xizmatlari fuqarolar bilan ishlash faoliyati yaxshi tashkil etilmaganligi yaqqol ko‘zga tashlandi. Ushbu soha rahbarlari Sayyor qabuldan to‘g‘ri xulosa chiqarib olishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Viloyat hokimligi matbuot xizmati. 























Maqola muallifi:
Matbuot xizmati
+3
Maqolaga fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Dasturiy ta'minot Surxondaryo viloyati, Kompyuterlashtirish markazi, Dasturiy mahsulotlar va dasturlashni rivojlantirish bo'limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Kechirasiz, saytda yangilanish ishlari olib borilmoqda!