» » Bio Agro Surxondaryo MCHJ tomonidan 2018-yil Dukkakli ekinlarni yetishtirishni tashkil etish loyihasi
Murojaat yo`llash
Surhondaryo viloyati hokimining 2018 yil 19 apreldagi 308-sonli qarori asosida Denov tumanida faoliyat yurituvchi Bio Agro MCHJga jami 326.8 gektar yer maydoni ajratilgan bo`lib 25 gekter yer maydoniga Dukkakli ekinlarni yetishtirish uchun ajratilgan bo`lib xozirda 15 gektar yer maydoniga loviya ekini ekilgan. Xalq xo'jaligidagi ahamiyati. Markaziy Osiyo aholisi loviyanijuda qadimdan oziq-ovqat uchun ishlatib kelgan. Loviya suyuq ovqatlar: mastava, go'ja, ugra kabi ovqatJarga ishlatiladi. Loviya solinib bo'tqa va shirin kulchalar tayyorlanadi. Loviya donidan un tayyorlab javdar yoki bug'doy uniga qo'shish mumkin. Toza pishib yetilmagan dukkaklaridan konserva sanoatida foydalaniladi. Loviya juda kaloriyali oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi, 1 kg loviya urug'ida 3300 kaloriya bor. Loviyadan faqatgina oziq-ovqat sanoatida emas, balki yemxashak sanoatida ham foydalanish mumkin. Ko'p miqdorda pichan va ko'k poya beradi. Loviyaning ko'k poyasi tarkibida oqsil miqdori ko'p. Loviyadan ko'kat o'g'it sifatida foydalanilganda tuproq unumdorligi ortadi, ayniqsa fizik xossalari o'zgaradi, og'ir tuproqlar engil tuproqlarga aylansa, qumoq tuproqlar zichlashadi. Loviya o'simligi o'sish davri qisqa bo'lgani bilan serhosil o'simlik hisoblanadi. Deyarli tuproq tanlamaydi. O'zbekiston o'simlikshllrtoslik institlltining ma'lumotlariga ko'ra sllg'oriladigan maydonlarga may oyida ekilganda hosildorlik 30 sentnergacha, ang'izga ekilganda esa 15 sentnergacha yetadi. Takroriy ekilgan loviyaning fasolga qaraganda hosili yuqori. Botanik tuzilishi. Loviya Viqna sinensis biryillik o'tsimon o'simlikdir. Loviyaning ildizi o'q ildiz, 1,5-2 m chuqllrlikka kirib boradi. IIdizlarda tuganakbakteriyalar uchraydi. Loviyada yon ildizchalar ham kuchli rivojlangan, ildizning asosiy massasi tuproqning 40 srn chuqurligida joylashadi.
Maqola muallifi:
denov
+2
Maqolaga fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (1)
Мехмон
#1 Мехмон Sayt tashrifchisi 21 sentabr 2018 08:53
Хурматли мақола муаллифи Сизга саволим бу тадбиркор томонидан етиштирлиган махсулот ички бозорда сотиладми ёки тўлиқ экспортга йўналтириладими? саволга жавобни қисқа фурсатда олсам керак

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK