» » Bio Agro Surxondaryo MCHJ tomonidan 2018-yil yangi zamonaviy tehnalogiyalardan (IN-VITRO) mevali kuchatlar yetishtirish loyixasi
Murojaat yo`llash
Surxondaryo viloyat xokimining 2018- yil 19- apreldagi 308-sonli qaroriga asosan Bio agro Surxondaryo MЧЖ ga Yangi zamonaviy tehnalogiyalardan (IN-VITRO) foydalangan holda mevali ko`chatlar yetishtirishni tashkil etish uchun Denov tuman xududidagi Shaxrinav maxalasidan 2018 yil 102 gektar yer  maydoni ajratilgan. Bio agro МЧЖ tomonidan  Xozirda 25 gektar yer maydoniga (olma. behi. nok) kabi mevali ko`chat darahtlari ekilgan qolgan 75 gektar er maydoniga  2019-yil  sentyabr oyida mevali ko`chatlar ekishi rejalashnirilgan.  Intensiv usuldagi bog‘larning har jihatdan foydali va serdaromad ekanini bugun fermerlar yaxshi anglab yetdi. Negaki, eski bog‘larda daraxt 5-6-yilda meva bera boshlasa, intensiv bog‘ ikkinchi yildan hosilga kiradi. Ilgari bir gektarli bog‘ga 1000 kubometr suv sarflangan bo‘lsa, yangi usuldagi bog‘lar uchun tomchilatish yo‘li bilan atigi 70 kub suv yetarli. An’anaviy bog‘lar gektaridan 10-12 tonna hosil bersa, intensiv texnologiyalar bu ko‘rsatkichni 55-80 tonnagacha ko‘taradi. Bugun mazkur fermer xo‘jaligi bog‘larida ikki yillik olma daraxtlari shig‘il hosilga kirgan. Mevalarni tabiiy ta’sirlar va qushlar xurujidan asrash hamda bog‘da mikroiqlimni ta’minlash uchun maxsus to‘r-setkalar o‘rnatilgan. Bu ham hosilning sifat ko‘rsatkichini oshirishga yordam beradi. Mahsulotning hammasi eksport qilinadi, 80 foizi ho‘l meva ko‘rinishida, qolgan qismi qayta ishlangach, sharbat va jem sifatida xorijga chiqariladi. 
Maqola muallifi:
denov
+2
Maqolaga fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK