» » Yuech Ji qabilasiga mansub xalqlarning arxeologik muzeyini barpo etish
Murojaat yo`llash
Yuyechji, yuechji, yuychji, yovchi, (qadimiy oʻqilishda —) rutziyo, ruziye — mil. av. 11-asrda Dunxuan (Dashtiota) va Chilanshan (Nanshan) togʻlari atrofida turkiy qavm(di) tomonidan barpo etilgan davlat (tarsxiy adabiyotlarga etnik nom sifatida kirib qolgan) nomi. Miloddan avvalgi 3-asrda ushbu davlat hunlar tomonidan tugatilgan. Magʻlub davlat aholisi — Yuechjiliklarning katta qismi Ili va Fargʻona vodiysi orqali hozirgi Afgʻoniston tomonga koʻchib borgan. Yangi joyda ular oʻz davlatlarini tashkil etib qoʻshni hududlarni egallab olishgan. Xitoy manbalarida bu davlat Ulugʻ yuyechji (Dayuyechji) davlati deb nomlangan. Asl maskanlari — Dashtiota (Dunxuan) bilan Chilanshan, qolganlari esa "Kichik yuyechji" ("Syao yueji") deb atalgan. Xitoy manbalarida Baqtriya, Kushon, Eftaliylar davlatlarini "ulugʻ Yuechjilar" barpo etganligi haqida maʼlumotlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar ulugʻ Yuechjilarni toxarlar deb atashadi. Baqtriyani egallagan ulugʻ Yu.lar bu hududni quyidagi 5 yobgʻulik (jabgʻulik)ka boʻlib idora etishgan. Bular xitoy tilida shunday atalgan: 1) Vaxan (Syumi), markazi — Moʻcheng shahri; 2) Shuangmi (Syamaka), markazi — Shuangmi shahri; 3) Kushon (Guyshuang), markazi — Kandut (Xutsao) shahri; 4) Parvan (Sidun), markazi — Bichju shahri; 5) Dumi yobgʻuligi. Yuz yil oʻtgach, Kushon yobgʻuligi 5 yobgʻulikni birlashtirib Kushon podsholigita asos solgan. Xitoy manbalarida bu davlat "Ulugʻ Yuechji davlati" deb atalgan.
Xitoy manbalarida dastlab hunlar tomonidan qayd etilgan "ulugʻ Yuechji" atamasi, qadimiy oʻqilishi jihatidan "ulugʻ get qabilasi", "mahogetqabilasi", yaʼni "massaget qabilasi"ga mos keladi.
Maqola muallifi:
boysun
0
Maqolaga fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Maqolaga bildirilgan fikrlar: (0)

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Sayt muallifi: "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" DUK