» Viloyat hokimi
Murojaat yo`llash

Viloyat hokimi

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich

Manzil: Termiz sh. At-Termiziy ko‘chasi 1 uy, 190100

Telefon: 0 (376) 223-00-15

E-mail: info@surxondaryo.uz 

Fuqarolarni qabul qilish kunlari:

Har haftaning shanba kuni soat 09.00 dan 12.00 gacha viloyat hokimligi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1 qavat.)


Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich

Tug‘ilgan yili: 1969 yil, Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani.

Millati: O‘zbek 

Ma’lumoti: Oliy, 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi: iqtisodchi.


MEHNAT FAOLIYATI:

1991-1993 yy. — «O‘zsanoatqurilishbanki» Sirdaryo filiali qarz reja bo‘limi mutaxassisi, investitsiya qurilish va ta’minot tashkilotlarini moliyalashtirish va qarz berish bo‘limi bosh mutaxassisi, pul muomalasi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari 

1993-1995 yy. — «O‘zsanoatqurilishbanki» Zarafshon bo‘limi boshqaruvchisi 

1995-1996 yy. — Zarafshon shahar hokimi o‘rinbosari 

1996-2000 yy. — Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy bo‘limi boshqaruvchisi

2000-2008 yy. — Xatirchi tumani hokimi 

2008-2008 yy. — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining qishloqda iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari 

2008-2016 yy — Navoiy viloyati hokimi

2016-yil h.v — Surxondaryo viloyati hokimi


VILOYAT HOKIMI VAZIFALARI

Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat mahalliy budjetining, tuman va shahar budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari viloyat Kengashiga taqdim etadi;

xalq deputatlari viloyat Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;

o‘rinbosarlari va viloyat hokimligi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlarni xalq deputatlari viloyat Kengashi tasdig‘iga taqdim etadi;

hokimlik devoni bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;

xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;

aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi.

Uy-joy mulkdorlari va uy-joydan foydalanuvchilar kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lashga doir talablarni qo‘pol ravishda buzgan hollarda tuman va shaharlarning hokimlari kommunal xizmatlar to‘lovi va majburiy badallarni to‘lash bo‘yicha qarzlarni undirish to‘g‘risida kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining taqdimnomasiga muvofiq da’volar bilan sudga murojaat qiladi.

Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.

Surxondaryo viloyati hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radi.


Quyidagi komissiyalar va kengashlar ishiga rahbarlik qiladi:


viloyat hokimligi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish bo‘yicha komissiyasi;

Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha viloyat hududiy idoralararo komissiyasi;

viloyat hokimligi huzuridagi Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi;

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi viloyat hududiy komissiyasi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi «O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-3434-sonli Farmoni ijrosini tashkil qilish bo‘yicha davlat hokimiyati organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi doimiy ishlaydigan viloyat komissiyasi;

Viloyat hokimligi huzuridagi Xorijiy fuqarolarga shu jumladan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlat fuqarolariga hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga viloyat hududida yashash uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek ularni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus komissiyasi;

Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha viloyat komissiyasi;

Viloyatda epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi;

Davlat mulkini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar evaziga investorlarga tanlov asosida «nol» xarid qiymatida sotish bo‘yicha viloyat hududiy tanlov komissiyasi;

Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining viloyat filiali homiylik Kengashi;

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining viloyat Vasiylik Kengashi;

viloyat Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi.


 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Dasturiy ta'minot Surxondaryo viloyati, Kompyuterlashtirish markazi, Dasturiy mahsulotlar va dasturlashni rivojlantirish bo'limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Kechirasiz, saytda yangilanish ishlari olib borilmoqda!