» Muvofiqlashtiruvchi maslahat organlari
Murojaat yo`llash

Muvofiqlashtiruvchi maslahat organlari

Muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari
Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari boshqaruv apparatlari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Qarorni ko'chirib olish (PDF - 10.4 mb)
Турдимов Эркинжон Оқбўтаевич
Turdimov Erkinjon Oqbo‘taevich
Manzil: Termiz sh. At-Termiziy ko‘chasi 1 uy,         190100
Telefon: 0 (376) 221-70-75
E-mail: info@surxondaryo.uz 
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har haftaning shanba kuni soat 09.00 dan 12.00 gacha viloyat hokimligi binosi fuqarolarni qabul qilish xonasida (1 qavat.)
 
Viloyatda huquqni himoya qilish va harbiy masalalar bilan shug'ullanib, quyidagilar bilan hamkorlikni tashkil etadi

-viloyat ichki ishlar boshqarmasi va ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar;
-viloyat adliya boshqarmasi;
-viloyat milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi;
-O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining Surxondaryo bo'limi vakilligi; 
-viloyat prokuraturasi;
-viloyat sudlari;
-viloyat mudofaa ishlari bo'yicha boshqarmasi;
-viloyat bojxona boshqarmasi;
-mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismlar va muassasalar;
-temir yo'l va havo yo'li ichki ishlar bo'limlari;
-O'zbekiston chegara qo'shinlari otryadi va harbiy qismlar bilan. 
Viloyat qishloq va suv xo'jaligi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi
- viloyat qishloq va suv xo'jaligi boshqarmasi;
- “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi;
- viloyat nasos stantsiyalari, energetika va aloqa boshqarmasi;
- Surxondaryo Markaziy davlat o'rmon xo'jaligi;
- viloyat er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi;
- viloyat davlat veterinariya boshqarmasi;
- viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi;
- viloyat "Qishloqxo'jalikkimyo" hududiy aktsiyadorlik jamiyati;
- viloyat “Surxonqorako'li” birlashmasi; 
- viloyat g'alla urug'chiligi birlashmasi;
- viloyat “MTPlar birlashmasi” ochiq aktsiyadorlik jamiyati;
- viloyat paxta urug'chiligi birlashmasi;
- viloyat fermerlar Kengashi;
- “Surxondaryo chorva ozuqalari” bosh birlashmasi;
- 13 - son qurilayotgan korxonalar birlashgan direktsiyasi;
- “Amu-Surxon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi gidrogeologiya meliorativ ekspeditsiyasi;
- viloyat “Suvnazorat” inspektsiyasi; 
- viloyat “Davurug'nazorat” inspektsiyasi;
- viloyat “Davtexnazorat” inspektsiyasi;
- viloyat o'simliklar karantini inspektsiyasi;
- viloyat naslchilik inspektsiyasi;
- viloyat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi; 
- O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi viloyat bo'limi.
- Vazirlar Mahakamasi huzuridagi “O'zdoninspektsiya” viloyat bo'limi;
- O'zbekiston Respublikasi paxtachilik ilmiy ishlab chiqarish instituti viloyat bo'limi;
- “O'zdaverloyiha” instituti viloyat bo'limi;
- “O'zqishloqxo'jmashlizing” aktsiyadorlik lizing kompaniyasi viloyat filiali;
- viloyat o'simliklarni himoya qilish markazi;
- “Sifat” markazi;
- viloyat chigirtkaga qarshi kurash ekspeditsiyasi;
- viloyat vetlaboratoriya;
- viloyatdagi parrandachilik fabrikalari;
- viloyat baliqchilik uyushmasi;
- viloyat asalarichilik uyushmasi.
 
 

Bobolov To'ra Abdievich
Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
Telefon: 0 (376) 221-74-71 Faks: 0 (376) 224-00-15
E-mail: info@surxondaryo.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har xaftaning chorshanba kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
Viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari
            iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash maqsadida iqtisodiyotda tarkibiy o’zgartirishlarni amalga oshirishga, amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini chuqurlashtirishga, faol investitsiya siyosatini olib borishga, innovatsion rivojlanish mexanizmini izchil joriy etishga yo’naltirilgan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bandlikni, aholi daromadlari o’sishini va hayoti darajasi oshishini ta’minlash;
davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari hududiy bo’linmalarining, shaharlar va tumanlar hokimliklarining, boshqa tashkilotlarning, birinchi navbatda, eksport tuzilmasida yuqori qo’shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ulushini yanada ko’paytirish hisobiga eksport salohiyatini oshirish bo’yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;
mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va ularni jahon hamda mintaqa bozorlariga kiritish, mahalliy mahsulotlarni eksport qilishning ko’paytirilishini rag’batlantirish va mahsulotlarning tarkibini takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy investitsiya dasturlari amalga oshirilishini, yangi ishlab chiqarishlarni ko’rish va O‘z vaqtida ishga tushirish hamda ishlayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashni ta’minlash, shuningdek ularni amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb etish ishlarini faol bajarish;
xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish va korxonalarning ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga sotish hisobiga respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini oshirish;
respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o’rtacha va uzoq muddatli dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko’maklashish;
ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o’rinlari tashkil etish hisobiga band bo’lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ishga joylashtirishni ta’minlash bo’yicha anik chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining turmush darajasi va sifatini oshirish;
hulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, xususiy mulkning manfaatlarini, tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari va kafolatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tibbiy xizmat ko’rsatish darajasini oshirish, onalar va bolalar sog‘lig’i muhofazasini ta’minlash, qishloq vrachlik punktlarining, diagnostika, perinatal va skrining-markazlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash;
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada islohotlarning strategik vazifalariga va ustuvor yo’nalishlariga muvofiq ilmiy va texnologik salohiyati yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarning, amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalarning darajasi, sifatida samaradorligini oshirish, ularning natijalaridan amalda keng foydalanish;
davlat organlarida, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish, axborot faoliyati, arxiv ishi, intellektual mulk ob’ektlariga huquqlarni huquqiy muhofaza va himoya qilish samaradorligini oshirish;
iste’mol tovarlari, aholini iste’mol tovarlari va pulli xizmatlar bilan ta’minlash bo’yicha marketing tadqiqotlari yuzasidan bozorlar, yarmarka va ko’rgazmalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
chakana va ulgurji savdoni, pulli xizmatlar ko’rsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdoni tashkil etish va xizmatlar ko’rsatishning yangi shakllari va usullarini keng joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish. shuningdek savdo va xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
 

Amirov Alisher Xurramovich
Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Telefon: 0 (376) 224-24-81 Faks: 0 (376) 224-06-74
E-mail: info@surxondaryo.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
 Har xaftaning dushanba kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
 Viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jalik masalalari bo'yicha o'rinbosari
        
hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, yuqori qo’shilgan qiymatli, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha ishlab chiqarishlarni kengaytirish asosida hududning eksport salohiyatini oshirishga yo’naltirilgan mineral-xomashyoni va qishloq xo’jaligi xom ashyosini sanoat yo’li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo’yicha yangi, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish dasturiy chora-tadbirlarini amalga oshirish;
sanoatning ishlamayotgan korxonalari faoliyatini tiklash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
mahsulotlar, bo’tlovchi buyumlar va materiallarni mahalliylashtirish dasturlari amalga oshirilishini ta’minlash;
viloyatda standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlash,  sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini tashkil etish, xalqaro standartlarni qo’llash, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo’yicha mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshliligini oshirish;
shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
kapital qurilishni tashkil etish va pudrat ishlari dasturlarini amalga oshirish;
pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
qurilish industriyasini va qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish; muhandislik va yo’l-transport infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-
tadbirlarini amalga oshirish;
transport xizmati ko’rsatishni yaxshilash;
ko’rsatilayotgan uy-joy kommunal xizmatlar darajasi va sifatini oshirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholini sifatli ichimlik suv bilan va sanitariya jihatidan tozalash tizimi bilan ta’minlash;
aholi punktlarini obodonlashtirish, kommunal xo’jaligini rivojlantirish.
 
Boboqulov O‘ral Abrayqulovich
Viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari
Telefon: 0 (376) 224-22-53 Faks: 0 (376) 224-06-74
E-mail: info@surxondaryo.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
 Har xaftaning dushanba kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
Viloyat hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari
qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlash;
dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilg‘or usullarini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv resurslaridan oqilona  foydalanish va ulardan foydalanish  samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv iste’molining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xo‘jaligi ob’ektlaridan foydalanish ishlarining va sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining  bajarilishini muvofiqlashtirish;
qishloq xo‘jaligini, suv xo‘jaligini va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
 chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash,   naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini tashkil etish;
ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini  yetishtirish, tirik  pilla yetishtirishni ko‘paytirish;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini  amalga oshirish;
 

Choriev Ro'zimurat Kungiratovich
Viloyat hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o'zini o'zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo'yicha o'rinbosari
Telefon: 0 (376) 224-24-81 Faks: 0 (376) 224-06-74
E-mail: info@surxondaryo.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
 Har xaftaning dushanba kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
 
Viloyat hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, o'zini o'zi boshqarish organlari va yoshlar siyosati bo'yicha o'rinbosari
     jamoat tartibiga rioya etishni, fuqarolar xavfsizligini, ularning huquqlari va erkinliklari va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni, huquqbuzarliklarning oldini olishni ta’minlash, pasport-viza rejimiga rioya qilish, huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish masalalarida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini qonunchilikda belgilangan vakolatlar doirasida muvofiqlashtirish;
huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni ta’minlash;
huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va amalga oshirilishini ta’minlash;
huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning holatini tahlil qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va jinoyatchilikni qisqartirish shakllari va usullarini, shuningdek chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
jinoyatchilik, terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashishga jamoatchilikni keng jalb etish ishlarini tashkil qilish yo’li bilan qonun ustuvorligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni to’plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo’lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshirish;
ommaviy tadbirlarni tayyorlash va tashkil etish masalalarini muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o’tkazishning belgilangan tartibiga rioya etish yuzasidan nazoratni ta’minlash;
demokratik o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitning barqarorligini mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining roli va ahamiyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari oldida turgan, shu jumladan yoshlarni ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, kasbga yo’naltirish, kichik va xususiy tadbirkorlikni, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirish jamoatchilik nazoratini tashkil etish, tabiatni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasidagi vazifalarni samarali bajarishga yo’naltirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish;
demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, ijtimoiy masalalarni hal etishda mahalla institutining ahamiyati to’g’risida aholi ayniqsa yoshlarni keng xabardor qilish, shuningdek eng avvalo, kamol topayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalarni qo’llab-quvvatlash, keksalarga va aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga manzilli yordam berish, ish bilan ta’minlash, odamlarni ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash va hududlarni obodonlashtirish mahallalarning faoliyatini har tomonlama yoritish bo’yicha tizimli ishlarini ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda tashkil etish;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha hududiy kengashlarning samarali faoliyatini ta’minlash chora tadbirlarini amalga oshirish;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan zarur sharoitlar yaratish, fuqarolar yig‘inlari qonunchilikda berilgan vakolatlarini ruyobga chiqarishda ko’maklashish ishlarini tashkil etish;
fuqarolar yig‘inlarining nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik mexanizmlarini shakllantirish rivojlantirishga yo’naltirilgan faoliyatini takomillashtirishga ko’maklashish;
O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondining viloyat bo’limiga uning vazifalarini amalga oshirishda, shu jumladan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga metodik, amaliy va moddiy-texnik yordam ko’rsatish sohalari kumaklashish;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini kasbiy va Boshqaruv ko’nikmalarini, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarini oshirishni muntazam tashkil etish, viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari xodimlari malakasini oshirish o’quv kurslarini faoliyatiga tashkiliy rahbarlikni ta’minlash;
fuqarolar yig‘inlari raisi va uning maslahatchilari saylovlarini tashkil etish va o’tkazishda fuqarolar yig‘inlariga davlat organlarining ko’maklashishini ta’minlash, zarur hollarda ularni xonalar, transport vositalari va aloka vositalari bilan ta’minlash;
fuqarolar yig‘inlari ishlarini tizimli tahlil qilish, shu jumladip Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutning mintaqaviy bo’linmalari bilan uzaro hamkorlik qilish imkoniyatlaridan foydalangan holda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati sohasida qonunchilikni va huquqni qo’llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo’yicha takliflar tayyorlash;
har tomonlama kamol topgan, qat’iy e’tiqodga va qarashlarga ega bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga yo’naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish;
yosh avlodning huquqiy savodxonligini va ijtimoiy faolligini oshirishga, shuningdek yoshlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga yo’naltirilgan ishlarni tashkil etish;
yoshlarning ish bilan bandligi, ularni kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, shuningdek yosh oilalarni ijtimoiy qo’llab-qo’vvatlash masalalarini hal qilish;
iqtidorli yoshlarni qo’llab-qo’vvatlash, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;
bolalar va yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb etish, jismoniy sog‘lom yosh avlodni shakllantirish, sport inshootlarining moddiy- texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash va ulardan samarali foydalanish, ularni jahon standartlariga javob beradigan jihozlar va uskunalar bilan ta’minlash;
uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini tashkil etish, ta’lim jarayoniga xalqaro normalar va talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, ta’lim standartlarini joriy etish ishlarini amalga oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash hamda shu asosda ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
madaniyat va san’atni rivojlantirish, milliy madaniy va ma’naviy merosni ehtiyotlab asrash va ko’paytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish va uning doimiy ravishda o’sib borayotgan intellektual, estetik va madaniy ehtiyojlarini ta’minlash, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, shuningdek madaniyat, bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirishni muvofiqlashtirish va takliflar ishlab chiqish.
 
 
 
 
Qobilov O'ktam Pardaevich
Viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari
Telefon: 0 (376) 224-14-55 Faks: 0 (376) 223-34-96
E-mail: info@surxondaryo.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari: Har xaftaning seshanba kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
 
Viloyat hokimining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo'yicha o'rinbosari
   
jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan aloqalar sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligini diniy tashkilotlar to’g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofik ijtimoiy va diniy masalalarni hal etishda yagona siyosat olib borish;
davlat organlarining viloyatda joylashgan jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro aloqasi va hamkorligini ta’minlash;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan diniy tashkilotlarning manfaatlarini hisobga olish bo’yicha davlat siyosatini amalga oshirish;
davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan o’zaro harakatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
"Haj" va "Umra" tadbirlarini o’tkazishda mahalliy davlat, jamoatchilik va diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
ma’naviy va milliy qadriyatlarga, xalqimizning diniy e’tiqodlari va urf-odatlariga qarshi yo’naltirilgan mafkuraviy taxdidlarga qarshi samarali kurashish, yot g’oyalarni tarqatishga qarshi kurash olib borish tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlash;
millatlararo totuvlikni va diniy bag‘ri kenglikni ta’minlashda davlat organlarining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar bilan hamkorligini muvofiqlashtirish;
millatlararo do’stlik prinsiplarini qaror toptirishga, millatlararo munosabatlar madaniyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan jamoatchilik tashabbuslarini rag’batlantirish, muvofiqlashtirish va taqdirlash chora-tadbirlarini qurish;
O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg’armasining, O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondining va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining viloyat bo’limlari faoliyatiga ko’maklashish.
 
 

Qobulova Mavluda Umarjonovna
Viloyat hokimining o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi
Telefon: 0 (376) 223-29-94 Faks: 0 (376) 223-29-94
E-mail: m.qobulova@sdv.uz
Fuqarolarni qabul qilish kunlari:
Har xaftaning payshanba kuni soat 9:00 dan 12:00 gacha viloyat hokimligi binosi Fuqarolarni qabul qilish xonasida (1-qavat)
 
Viloyat hokimining o'rinbosari, xotin-qizlar qo'mitasi raisi
   Xotin-qizlar qumitasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash sohasida: xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, oilada, jamiyatda va davlat qurilishi vazifalarini hal etishda ularning rolini oshirish ishlarining holatini muntazam o‘rganish va baholash;
xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga har tomonlama ko’maklashish, ayollar tadbirkorligining har xil shakllarini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va qabul qilish;
xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar bajarilishini ta’minlash;
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga yo’naltirilgan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish, mamlakatning ijtimoiy, siyosiy hayotida, xalqaro xotin-qizlar harakatida ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining faol ishtirok etishiga ko’maklashish.
Hokimning birinchi va tarmoqlar bo’yicha o’rinbosarlari qonun hujjatlariga va hokim tomonidan tasdiqlanadigan funksional vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradilar

 *
© Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy sayti
www.uz
Dasturiy ta'minot Surxondaryo viloyati, Kompyuterlashtirish markazi, Dasturiy mahsulotlar va dasturlashni rivojlantirish bo'limi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan.

Kechirasiz, saytda yangilanish ishlari olib borilmoqda!